AsosiyUyushma haqida

Uyushma haqida

Biz haqimizda

Ассоциация профессиональных участников страхового рынка Узбекистана образована в 2007 году согласно Постановления Президента Республики Узбекистан. 

Уставом Ассоциации определены следующие основные направления деятельности:  

  • sug‘urta bozori kon’yunkturasini o‘rganish, uning yuqori darajada ochiq-oydinligini ta’minlash, raqobatni rivojlantirish, sug‘urta xizmatlari hajmlarini ko‘paytirish, ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • potensial xorijiy investorlarga mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta sohasiga investitsiyalashda ko‘maklashish;
  • respublika aholisi o‘rtasida sug‘urtalash masalalari bo‘yicha faol tushuntirish ishlarini olib borish;
  • sug‘urtalash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, sug‘urta bozori professional qatnashchilari uchun professional etika normalarini ishlab chiqish.

Uyushma nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan Uyushma a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtirish, manfaatlarini himoya qilish hamda sug‘urta sohasidagi masalalarni birgalikda yechish maqsadida tashkil etilgan. Shuningdek Uyushma quyidagi vazifalarni hal qiladi:

  • sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlikdagi faoliyati mobaynida yuzaga kelgan masalalarni tartibga solinishida ko‘maklashish;

  • davlat hokimiyati organlarida uyushma a’zolarining manfaatlarini himoya qilish;

  • sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha shuningdek, sug‘urtaga oid hujjat hamda huquqiy-me’yoriy aktlarga va boshqa materiallarga ekspert baho berish uchun takliflar tayyorlash;

  • sug‘urtaga oid dolzarb masalalar bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy-amaliy ahamiyatga ega tadbirlarni tashkil qilish, shuningdek ana shunday tadbirlarda qatnashish;

  • xalqaro va xorijiy sug‘urta tashkilotlari, uyushmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun tegishli tadbirlarni tashkil etish.

Hozirgi kunda O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari Uyushmasining a’zolari 24 ta bo‘lib, ulardan:

  • 21 tasi – sug‘urta tashkiloti;
  • 1 tasi – assistans tashkiloti;
  • 1 tasi – axborot-reyting agentligi;
  • 1 tasi – adjaster tashkiloti.