AsosiySug'urta haqida

Sug'urta haqida

Sug'urta faoliyati klassifikatori

Hayotni sug'urtalash sohasi

I-toifa

I-toifa

Hayot va annuitetlar

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Sug'urtalovchining quyidagi hollarda sug'urta summalarini to'lash majburiyatini ko'zda tutadigan, bir yildan ortiq amal qiladigan hayotni sug'urtalash turlari to'plami

- sug'urta muddati tugagunga qadar yoki sug'urta shartnomasida belgilangan yoshga qadar sug'urtalangan shaxsning omon qolishi;

- sug'urtalangan shaxsning o'limi;

shuningdek sug'urta shartnomasining amal qilish muddati davomidagi joriy to'lovlar (annuitetlar), 3 toifalarda bundan mustasno

II-toifa

II-toifa

Nikoh va tug'ilish

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Bir yildan ortiq amalda bo'lgan va nikoh yoki farzand tug'ilganda sug'urta summasini to'lashni ta'minlaydigan hayot sug'urtasi turlari to'plami

III-toifa

III-toifa

Uzoq muddatli hayot sug'urtasi

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Umrbod renta to'lash bilan birgalikda hayotni sug'urtalash turlarining to'plami

IV-toifa

IV-toifa

Tibbiy sug'urta

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Baxtsiz hodisa yoki ma'lum turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik natijasida yetkazilgan doimiy zarar tufayli ishga layoqatsizlik holatida sug'urta summalarini to'lashni nazarda tutuvchi hayotni sug'urtalash turlarining to'plami, agar ushbu sug'urta muddati kamida besh yil bo’lsa yoki sug'urtalangan shaxsning nafaqa yoshiga yetguniga qadar belgilangan bo’lsa. Shu bilan birga, shartnomada ko'rsatilgan sug'urta muddati sug'urtalovchi tomonidan bir tomonlama bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkin emas.

V toifa

V toifa

Majburiyatlarni ta'minlash uchun hayotni sug'urtalash

Majburiyatlarni ta'minlash uchun hayotni sug'urtalash

Sug‘urtalangan shaxs vafot etishi hodisasi sodir bo‘lgunga qadar (u qarz muddati yakunlangunga qadar yoki boshqa majburiyat to‘liq bajarilguniga qadar hayot bo‘lgan taqdirda) uning hayotini sug‘urtalash turlari majmui, sug‘urtalangan shaxsning benefitsiarlari va (yoki) qaysiningki majburiyatlari bo‘yicha sug‘urtalangan shaxs mazkur majburiyatlar bo‘yicha sug‘urta qiymati to‘lab berilishi huquqiga ega bo‘lgan, shaxs muayyan hodisa sodir bo‘lgunigacha (u qarz muddati yakunlangunga qadar yoki boshqa majburiyat to‘liq bajarilguniga qadar hayot bo‘lgan taqdirda) sug‘urta yuzasidan tovon to‘lamagan holda (sug‘urta mukofotini qaytarib bermagan holda)

 

VI-toifa

VI-toifa

Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi

Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi

Sug‘urtalangan shaxs tomonidan amalga oshiriladigan va sug‘urtalangan shaxs pensiya yoshiga yetishi bilanoq, sug‘urta shartnomasida o‘rnatilgan, oylik renta yoki yagona to‘lov ko‘rinishidagi sug‘urta summalarini to‘lab borilishini amalga oshiruvchi, hayotni sug‘urtalash turlari majmui

VII-toifa

VII-toifa

Hayotni, berilgan sarmoya qaytarib olinadigan qilib, sug‘urtalash

Hayotni, berilgan sarmoya qaytarib olinadigan qilib, sug‘urtalash

Sug‘urta qildiruvchi, sug‘urta qildiruvchining mablag‘larni joylashtirilishiga va ularning joylashtiriluv ob'ektiga ravshanlik kiritish to‘g‘risidagi masalada, to‘lab berilgan sug‘urta badallarining kafolatlangan qiymati hamda sug‘urta to‘lovi va uni so‘ndirish muddatlari chegarasida qatnashgan holda, joylashtirilgan mablag‘larni qaytarib berilmasligi tavakkalchiligida ishtirok etgan taqdirdagi hayotni sug‘urtalash turlari majmui

Umumiy sug'urta sohasi

1-toifa

1-toifa

Baxtsiz hodisalardan sug'urta

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Sug'urtalangan shaxsga quyidagi hollarda sug'urta qoplamasining belgilangan miqdorini yoki pul kompensatsiyasini to'lashni ta'minlaydigan sug'urta turlari to'plami:

a) baxtsiz hodisa yoki ma'lum turdagi baxtsiz hodisa natijasida sog'likka doimiy zarar yetishi

b) baxtsiz hodisa yoki biron bir turdagi baxtsiz hodisa natijasida o'lim 

c) ma'lum turdagi kasallik yoki ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va kasbiy kasalliklar natijasida mehnat qobiliyatini yo'qotish, lekin 2 va 4 toifadagi sug'urta shartnomalari bundan mustasno

2-toifa

2-toifa

Kasallik holatidan sug’urta

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Sug'urtalangan shaxsning kasallik yoki sog'lig'ining buzilishi bilan bog'liq xarajatlarining qat'iy belgilangan miqdorda sug'urta qoplamasini yoki pul kompensatsiyasini (yoki ikkalasining kombinatsiyasini) ta'minlaydigan sug'urta turlari to'plami, ammo hayotni sug'urtalash sohasining 4 toifa shartnomalari bundan mustasno

3-toifa

3-toifa

Yer transporti sug'urtasi

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va mexanizmlar yoʻqolgan yoki shikastlanganda sugʻurta tovonini toʻlashni taʼminlovchi sugʻurta turlari to'plami, temir yoʻl tarkibi bundan mustasno

4-toifa

4-toifa

Temir yo'l harakati tarkibi sug'urtasi

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Temir yo'l harakat tarkibi yo'qolgan yoki shikastlanganda sug'urta tovonini to'lashni ta'minlaydigan sug'urta turlari to'plami

5-toifa

5-toifa

Aviatsion sug'urta

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Samolyot, mashinalar, uskunalar, inventar, samolyot uchun ehtiyot qismlar yo'qolishi yoki shikastlanishida sug'urta tovonini ta'minlaydigan sug'urta turlari to'plami

6-toifa

6-toifa

Dengiz sug'urtasi

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Dengiz va ichki daryo kemalari, mashinalar, tayanch jihozlar, inventar, kemaning ehtiyot qismlari yoʻqolishi yoki shikastlanishida sugʻurta tovonini toʻlashni taʼminlovchi sugʻurta turlari to'plami

7-toifa

7-toifa

Yo’lda bo'lgan mulkni sug'urtalash

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Turli transport turlarida tashish (transportirovka) paytida tovarlar, yuk va boshqa mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishida sug'urta tovonini to'lashni ta'minlaydigan sug'urta turlari to'plami

 

8-toifa

8-toifa

Yong'in va tabiiy ofatlardan mulkni sug'urtalash

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Yong'in, portlash, bo'ron, to’fon, yomg'ir, ko'chki, yerning cho'kishi, sel, chaqmoq urishi, zilzila, yader energiyasi natijasida mulkning yo'qolishi yoki shikastlanishida (3 va 7-toifalarda ko'rsatilganlar bundan mustasno) sug'urta qoplamasini ta'minlaydigan sug'urta turlari to'plami

9-toifa

9-toifa

Mulkni zarardan sug'urtalash

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Do‘l, kuchli qor yog‘ishi yoki ayoz, o‘g‘irlik va VIII-toifada ko‘rsatilmagan boshqa hodisalar natijasida mol-mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishida (3 va 7-toifalarda ko‘rsatilganlardan tashqari) sug‘urta tovonini to‘lashni nazarda tutuvchi sug‘urta turlari

10-toifa

10-toifa

Avtofuqarolik javobgarligi sug'urtasi

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Yerda harakatlanuvchi transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlardan foydalanish oqibatida uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilganda sugʻurta tovonini toʻlashni, shu jumladan tashuvchilarning javobgarligini taʼminlaydigan sugʻurta turlari to’plami

11-toifa

11-toifa

Aviatsion sug'urta doirasidagi majuburiyatlar sug’urtasi

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Havo kemasidan foydalanish natijasida uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilganda, shu jumladan aviatashuvchilarning javobgarligida sugʻurta tovonini toʻlashni taʼminlaydigan sugʻurta turlarining to’plami

12-toifa

12-toifa

Dengiz sug'urtasi doirasidagi majuburiyatlar sug’urtasi

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Suv kemasidan foydalanish natijasida uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilganda, shu jumladan dengiz tashuvchilarining javobgarligida sugʻurta tovonini toʻlashni taʼminlaydigan sugʻurta turlarining to’plami

13-toifa

13-toifa

Umumiy fuqarolik javobgarligi sug'urtasi

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

10, 11 va 12-toifalarda ko'rsatilmagan xavflar tufayli uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganda sug'urta tovonini to'lashni ta'minlaydigan sug'urta turlarining to’plami

14-toifa

14-toifa

Kredit sug'urtasi

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Sug'urta egasi qarzdorining to'lovga layoqatsizligi (bankrotligi) yoki qarzdorning sug'urta egasi oldidagi qarzlarni to'lash majburiyatini bajarmaganligi natijasida sug'urtalangan shaxsga zarar yetkazilganda sug'urta tovonini to'lashni ta'minlaydigan sug'urta turlari to’plami

15-toifa

15-toifa

Kafillik sug'urtasi (kafolatlar)

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Sug'urta qildiruvchi o'zi bergan kafolatni bajarish majburiyati natijasida zarar ko'rgan taqdirda sug'urta tovonini to'lashni ta'minlaydigan sug'urta turlarining to’plami

16-toifa

16-toifa

Boshqa moliyaviy xavflardan sug'urta

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Quyidagi hollarda sug'urta tovonini to'lashni ta'minlaydigan sug'urta turlarining to’plami:

a) sug'urta egasining tadbirkorlik faoliyati (xo'jalik faoliyati) to'xtatilishi yoki sug'urta egasi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik (xo'jalik faoliyati) ko'lamining qisqarishi natijasida sug'urtalangan shaxsning zararlari; 

b) sug'urta egasining kutilmagan xarajatlar natijasidagi yo'qotishlari (17-toifada ko'rsatilganlardan tashqari)

c) ushbu toifaning a) va b) bandlarida ko'rsatilganlardan tashqari, shartnomalar tuzish va bajarish bilan bog’liq faoliyat natijasidagi yo'qotishlar

17-toifa

17-toifa

Huquqiy himoya bilan bog'liq xarajatlarni sug'urtalash

Tadbirning mazmuni va shartlariga qo'yiladigan talablar

Sug'urtalangan shaxsning sud jarayoni bilan bog'liq xarajatlari natijasida zarar ko'rgan taqdirda sug'urta tovonini to'lashni ta'minlaydigan sug'urta turlarining to’plami

18-Toifa

18-Toifa

Tibbiy sug'urta

Sug'urtalangan shaxsning sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan shartlar asosida tibbiy yordam olishini ta'minlaydigan, ammo 2 va IV toifadagi hayot sug'urtasi shartnomalari bundan mustasno sug'urta turlari majmui.

ru alt

Bizni kuzatib boring

© 2022 — 2025 Insurers.uz. All Rights Reserved.