Asosiy«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindiYangiliklar«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi

«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi

2021-yil 23-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi Qonun 72 moddadan iborat bo‘lib, sug‘urta faoliyatini tartibga solish, sohaga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy qilish hamda sug‘urta sohasidagi iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Shuningdek, sug‘urta turlarini ko‘paytirish, barqarorligini ta’minlash bilan mutanosib ravishda aholining sug‘urta madaniyatini oshirish ham nazarda tutilgan.

Qonunda sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (sug‘urta tashkilotlari, sug‘urta brokerlari, adjasterlar, assistanslar, aktuariylar, syurveyerlar) huquq va majburiyatlari aniq belgilandi. Sug‘urta shartnomalarini elektron tarzda internet orqali tuzish jarayoni qonun bilan mustahkamlanmoqda.

Ushbu qonun bilan sug‘urta bozori professional ishtirokchilari faoliyatini jonlantirish, shuningdek, umumiy sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining rolini oshirish orqali sug‘urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish, sug‘urta xizmatlari iste’molchilari va sug‘urta faoliyatining boshqa sub’ektlari huquqlari himoyasini mustahkamlash, aholining bu boradagi savodxonligi va ishonchini oshirish, sug‘urta bozorining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash kabi masalalar qamrab olingan.

“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun rasmiy e’lon qilingan sanadan boshlab, uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

ru alt

Bizni kuzatib boring

© 2022 — 2025 Insurers.uz. All Rights Reserved.